All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

TADBIRKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

TADBIRKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Yoshlar bilan ishlash, ularning qiziqishlarini roʻyobga chiqarish maqsadida oʻz mehnati, irodasi bilan katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar hamda biznes vakillari bilan “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida tadbirkor, “Shuhrat» medali sovrindori, Konimex tumani “Pride Workwear” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Saidova Dilrabo Alikovna bilan talabalar uchrashuvi tashkil qilindi.

Mazkur uchrashuvda tajribali tadbirkor muvaffaqiyatga erishish sirlari, o‘zining hayot yo‘lida erishgan natijalari hamda ungacha bo‘lgan ayrim qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda tadbirkor yoshlarni biznes yuritish borasida qiziqtirgan barcha savollariga javob qaytardi, ularni olgʻa intilishga chorladi.

Ma’lumot o‘rnida, Dilrabo Saidova asli kasbi hamshira. Oʻz faoliyatini 2 dona tikuv mashinasida boshlagan ishbilarmon bugun 500 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan.

   Telegram        |            Youtube     |       Instagram       |          Facebook