All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Unda 2000 nafardan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ko‘ngilochar tadbirlar, musiqali chiqishlar, test sinovlari hamda sport sohalarida yaxshi natijalarga erishgan talabalarni taqdirlash marosimi, shuningdek talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari, viloyat hokimi o‘rinbosari, Yoshlar agentligi mas’ullari ishtirok etib, talabalarga tabrik so‘zlarini yo‘lladilar.

 

   Telegram        |            Youtube     |       Instagram       |          Facebook