Navoiy davlat pedagogika institutida Navoiy shahridagi “Bright Industry Buildings the Future“ masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, “Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni sohibi Raxmatov Mehroj Samatovichning Navoiy shahar aholisi va talaba-yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Ushbu uchrashuvda tadbirkor bugungi kunga qadar erishgan salmoqli yutuqlari, yoshlar uchun berilgan keng imkoniyatlar natijasi sifatida oʻzining olib borayotgan faoliyati xususida qimmatli maʼlumotlarni taqdim etdi. Bundan ruhlangan yoshlar tadbirkorlik faoliyati boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan yuzlandi. Uchrashuv avvalida institut rektori Bahodir Sobirov, birinchi prorektor Xurshid Qurbonov tadbirkor bilan suhbatlashdi.