Navoiy viloyat hokimi oʻrinbosari Jamshid Xodjayev bugun Navoiy davlat pedagogika institutida boʻldi, institut rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi, “Yoshlar kengashi“ faoliyat xonasi tanishtirildi. Shuningdek, institutning 2-sonli talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi.
U yerda talabalar bilan suhbat qilinib, yotoqxonada talabalar uchun tashkil etilgan ma’naviyat xonasi, kutubxonada faoliyat olib borilishi bilan qiziqdi va kerakli tavsiyalarni berdi. Shu bilan bir qatorda talabalarning taklif va tashabbuslari tinglandi.