All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov, rektor maslahatchisi B.Abdullayev, birinchi prorektor X.Qurbonov, komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Xalikov, profilaktika inspektorlari N.Hayitov va S.Xusanovalar ishtirokida Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari, tyutorlari bilan yigʻilish oʻtkazdi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, yangi oʻquv yilida qilinajak sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalari koʻrildi, tegishli vazifalar taqsimlandi.

Shuningdek, fakultetda maʼnaviy-maʼrifiy muhit barqarorligini mustahkamlash, odob-axloq qoidalariga amal qilish, korrupsion holatlarga yoʻl qo‘ymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.