All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

IMTIYOZ VA IMKONIYATLAR ESHIGI OCHIB BERILMOQDA

   NavDPI “Fizika-texnolgiya” va “Matematika-informatika” fakultetlarida 2023-2024 o‘quv yili tantanali ravishda boshlandi. Tadbirda  talabalar hamda barcha ustozlar ishtirok etishdi. “Yangi hayot uchun, yangi o‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirda  NavDPI prorektori  G’ .Yodgorov Mustaqilligimizning 32-yilligi hamda o‘quv yilini boshlanishi munosabati bilan barchani tabrikladi. “Bugun mamlakaktimizda talaba – yoshlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda, jumladan “So‘nggi olti yilda ta’lim sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 100ga yaqin Farmon va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘plab qarorlari qabul qilindi. Har yili O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining katta qismi ijtimoiy xarajatlar, jumladan, ta’lim va ilm-fan uchun ajratiladi. Quvonarli tomoni shundaki, zamon talablari va ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida bugungi yoshlarning talab va ehtiyojlari o‘rganilib, yangidan yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda”  dedi NavDPI prorektori G‘.Yodgorov.