All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yangi o‘quv yili 4 sentabrdan boshlanadi

  4-sentyabr kunidan boshlab, barcha oliy taʼlim muassasalari va umumta’lim maktablarida 2023/2024-o‘quv yili boshlandi. Navoiy davlat pedagogika institutida ham yangi oʻquv yilining boshlanishi bayramona kayfiyatda tashkil etildi. Erta tongdan institut rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar birgalikda talabalar va ularning yaqinlarini milliy kuy-qo‘shiq ohanglari ostida samimiy kutib olishdi.

Xususan, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Institut rahbariyati ishtirok etgan tadbirda X.Qurbonov so‘zga chiqib, mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g’risida ma’lumot berdi hamda institutimiz rektori B.Sobirovning yangi o‘quv yili munosabati bilan bildirgan bayram tabrigini yetkazdi.

Ma’lumot o‘rnida, 1-kurs talabalariga bir hafta davomida tanishtiruv hamda Mustaqillik darslari oʻtiladi. Qolgan barcha kurs talabalariga esa darslar oʻquv reja asosida olib boriladi.