All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut jamoasi «Yangi nafas» ommaviy sport tadbirida ishtirok etdi

  Respublikamizning 16 hududida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas“ yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Navoiy shahrida o‘tkazilgan ommaviy sport tadbirida 3 ming nafardan ziyod yugurish havaskorlari, sportchilar, talabalar, harbiylar, yoshlar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ommaviy sport tadbirida Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar faol qatnashdi.

Musobaqa yakunida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari 1 ta birinchi va 3 ta uchinchi o‘rinlarni egallab, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.