O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bayramini munosib tashkil etish hamda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida Uchquduq tumanining barcha MFY hamda OFYlarida ham “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. “Uchquduqliklar qalbida bayram shukuhi ufurib turganiga ancha bo‘ldi, o‘tkazilayotgan istiqlol tantanalariga Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti prfessor-o‘qituvchilarining ishtirok etib tumanimiz ahlini bayram bilan tabriklashlari bizni yanada quvontirdi. MFY va OFYlarida uchquduqlik tadbirkorlar tomonida bayram dasturxoni tashkil etilib konsertlashtirilgan bayram dasturlari ayni damlarda ham o‘tkazilmoqda. Targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etilishida yaqindan yordam berib kelayotganligi uchun NavDPI hamda NDKTU rektorlariga tuman hokimligi nomidan minnatdorchilik bildiramiz”-dedi Uchquduq tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Janagul Bulekbayeva.