All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIM UCHUN KIRISH SINOVLARI KUNI MA’LUM BO‘LDI

   Navoiy davlat pedagogika institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlari 22-23 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Imtihonlar 22-avgust soat 9:00da boshlangʻich taʼlim; 15:00da biologiya, jismoniy madaniyat, maktabgacha ta’lim, milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi, tarix hamda texnologik taʼlim yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi. 23-avgust sanasi soat 9:00 va 15:00da matematika va informatika ta’lim yo‘nalishlarida davom etadi.

  • Ma’lumot uchun: NavDPIda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha jami 459 ta ariza kelib tushgan.