All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NAVOIYDA TEST JARAYONLARI BOSHLANDI

  Erta tongdan “Kimyogar“ oʻyingohi abituriyentlar, ularning ota-onalari va yaqinlari bilan toʻldi. Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilar, dekan va dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar test jarayonlariga qatnashadigan abituriyentlarning kirishlarida Milliy gvardiya, Ichki ishlar xodimlari bilan bir qatorda tartib-intizomni saqlashda faol xizmat qilishmoqda.

Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun salqin joylar ajratilgan hamda test jarayonlarini videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilish imkoniyati yaratildi.

Eslatib o‘tamiz: Navoiy shahrida 4 ta yopiq obyektda test jarayonlari bo‘lib o‘tadi:

  • Navoiy shahridagi “Kimyogar“ sport majmuasi sport zali;
  • Navoiy shahar 1-BO‘SMga qarashli minifutbol va kurash zali;
  • Navoiy shahridagi Yakka kurash TISMga qarashli musobaqalar zali.