All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NavDPIda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

 Navoiy davlat pedagogika institutining bir guruh bitiruvchilariga diplomlar topshirildi. Institutning faollar zalida “Oq yo‘l sizga, Аziz bitiruvchilar!“ nomli tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda NavDPI rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, bitiruvchi talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori Bahodir Sobirov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Yakunlangan o‘quv yilini sarhisob qilib, yoshlarimizning ko‘pgina yo‘nalishlarda o‘zlarining bor qobiliyat va intellektual salohiyatlarini namoyon etib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritganliklarini mamnuniyat ila eʼtirof etdi.

Shundan so‘ng, 2022-2023-o‘quv yilining bir guruh bitiruvchi magistrlariga, bakalavriat bosqichini imtiyozli tugatgan talabalarga diplomlar tantanali topshirildi.

 

Bu yil institutni 418 nafar magistr va 3890 nafar bakalavr talabalari tamomladi.