All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Hurmatli, abituriyentlar! Sizlardan iltimos, qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan o‘sha yerga topshiring. Perevodni unuting

  Hurmatli, abituriyentlar! Sizlardan iltimos, qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan o‘sha yerga topshiring. Perevodni unuting. Mevachilik va uzumchilikka kirib, keyin shifokor bo‘laman, degan xomxayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Mevachilik qayerdayu tibbiyot qayerda.

Shifokor bo‘lmoqchimisiz, marhamat, hozir yaxshi o‘qing va jiddiy tayyorlaning, tibbiyot yo‘nalishlaridan biriga topshirib, yuqori ball bilan talaba bo‘ling. Lekin “keyin perevod qivolaman” degan ko‘zbo‘yamachilikka bormang, Xudo xayringizni bersin, iltimos.

Yana bir iltimos, qaysi hududda o‘qish sizga qulay bo‘lsa, o‘sha hududga topshiring.

Ball pastroq bo‘larkan, deb uzoq hududga hujjat topshirib, o‘qishga kirgach, 1 yildan keyin “voy-dod, bu yerda qiynalib ketdimku, bizni dardimizni ham eshitadigan odam bormi, meni yashash joyimga, ota-onamning oldiga perevod qilinglar” deb nolib yurmang. Sizni hech kim boshqa hududga topshirsin, deb majburlayotgani yo‘q, qarorni o‘zingiz mustaqil qabul qilyapsiz, demak, o‘zingiz javob bering endi shunga.

Sharoitingiz bo‘lsa, boshqa hududga topshiring, sharoitingiz bo‘lmasa, topshirmang. Perevoddan umid qilmang. 99% holatda perevod qilolmaysiz. Kelajagingiz uchun masʼuliyatli bo‘ling, qaror qabul qilishda jiddiyroq yondoshing, iltimos.