All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

INSTITUTIMIZ TALABASI “MARD O‘G’LON“ DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-iyundagi “Mard O‘g’lon“ davlat mukofoti bilan taqdirlash  toʻgʻrisida“gi PQ-199-son qaroriga muvofiq Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining 4-bosqich talabasi Normurodov Olimjon Obidjon oʻgʻli “Mard o‘g’lon“ davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlab oʻtamizki, Olimjon Normurodov “Qoʻl jangi“ boʻyicha Toshkent, Moldova, Moskva, Vengriya, Gollandiya, Belorusda oʻtkazilgan Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etib, faxrli 1- va 2-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. 2017-yilda “Respublika toifasidagi sport ustasi“, 2019-yilda “Xalqaro toifadagi sport ustasi“ unvoniga sazovor bo‘lgan.

Ushbu sportchi talabamizni tabriklab, kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!!!