loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz gʻoyasida profilaktik tadbirlar

 Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan Oʻzbek tili va adabiyoti, Fizika-texnologiyalar hamda Tibbiyot fakultetlari professor-oʻqituvchilari, ishchi xodim va tyutorlari bilan oʻtkazilgan profilaktik suhbatda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, profilaktik targʻibot-tashviqot ishlari toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

Korrupsiya taʼlim-tarbiya uchun eng katta xavf ekanligi hamda poraxoʻrlik, nohaqlik va aldov kabi illatlarning salbiy oqibatlari boʻyicha foydali maʼlumotlar berilib, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni xususida ham fikrlar bildirildi. Yigʻilish soʻnggida barcha qatnashuvchilardan kafolat xatlari olindi.