All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika instituti kampusi barpo etiladi

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2023-2027 yillarda Navoiy shahrining “Yoshlik” MFY hududidan ajratilgan 15 gektar yer maydonida Navoiy davlat pedagogika instituti kampusi barpo etiladi.

Kampusni barpo etish xarajatlari institutning byudjetdan tashqari mablag’lari, shu jumladan, to’lov-kontrakt asosida o’qitishdan tushadigan mablag’lar, mavjud bino va inshootlarini auksion orqali sotishdan tushadigan mablag’lar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar, shuningdek, kampus hududigacha tashqi ichimlik va oqova suv, elektr, gaz, aloqa ta’minoti tarmoqlari va inshootlari hamda yo’llar qurilishiga mas’ul vazirlik va idoralar mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.

Kampusning issiq suv iste’moli hajmining kamida 25 foizi ushbu obyektda o’rnatiladigan quyosh suv isitish qurilmalari orqali qoplanadi.

Talabalar va professor-o’qituvchilarga qulay bo’lishi uchun kampus joylashgan hudud bilan Navoiy shahar markazini bog’lovchi qo’shimcha jamoat transporti yo’nalishi tashkil etiladi.