loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarini oldini olish barchamizning burchimizdir

   Yoshlar – kelajagimiz va ertamiz egalari ekanligi kelajagimizning qanday bo‘lishi faqat yoshlarga emas, sizu biz, kattalarga ham bog‘liq ekanligini, ularga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berib, ezgu ishlarga yo‘naltirsa, orzu-maqsadlariga erishishlari uchun sharoit yaratilsa, qo‘llab-quvvatlansa ertangi kunimiz yorug‘ bo‘ladi. Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlarida 2023 yil 7 iyun kuni “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarini oldini olish barchamizning burchimizdir” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.Tadbirlarda NavDPI Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi B.R.Abdullayev, Navoiy viloyati IIB Tergov bo‘limi katta tergovchisi, podpolkovnik M.Hojiyeva, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi sudyasi S.Boltayev, Navoiy viloyati IIB JQB “Odam savdosiga qarshi kurashish” bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik N.Ashurov, Institut profilaktika inspektorlari N.Umarov va S.Xusanova, Institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Tursunova hamda Institut psixologi D.Abduraimovalar mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
“Talabalar bo‘sh vaqtida badiiy kitob o‘qishi, televizor ko‘rishi, turli tadbirlarga qatnashi uning ma’naviy boyligi, dunyoqarashining o‘sishi bilan birga, mehnatga ijodiy yondashishiga yordam beradi. Bo‘sh vaqtni maqsadsiz o‘tkazish, yoshlarni turli ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy masalalarga loqaydlik, bilimi, siyosiy qarashlarining sustligi, jamoat ishlarida mas’uliyatsizlik va boshqa salbiy hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Turli jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha Navoiy davlat pedagogika institutida juda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda…”- dedi NavDPI Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi B.R.Abdullayev.