Rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillari, qator she’riy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas bogʻliq. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari san’at turlarining ham rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda har yili 6-iyun kuni buyuk shoir Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludi va xotirasiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinadi. NavDPI Rus va qozoq filologiyasi fakultetida shoir, yozuvchi va dramaturg A.S.Pushkin tavalludiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda talabalar Pushkin sheʼrlarini, shoir yozib qoldirgan mashhur asarlar hamda uning hayoti va ijodi haqidagi sahna koʻrinishlarini namoyish qildilar.