Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan professional taʼlim muassasalariga oʻquv-amaliy hamda metodik yordam koʻrsatilmoqda. Professional taʼlim muassasalarida taʼlimning jozibadorligini oshirish va oʻquvchilarga xorijiy tillarni chuqur oʻrgatishni tashkil etish hamda tayyorlanayotgan oʻrta boʻgʻin kadrlarning ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida respublikamizdagi kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda bosqichma bosqich xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilmoqda.
Xususan, NavDPIning mahoratli pedagoglari tomonidan Navoiy shahar kasb-hunar maktabining 1- 2-bosqich oʻquvchilariga hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻquvchilariga ingliz va nemis tillari boʻyicha oʻquv kurslari olib borilmoqda.
Batafsil: havolada