loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BOLAJONLAR QUVONCHI CHEKSIZ

   O‘zbekiston atalmish jannatmakon diyorning mehmondo’st, tanti, olijanob va har ishda ajdodlariga munosib xalqi ham o’z oldiga ulkan maqsadlarni, ezgu ishlarni, xayrli amallarini qo’yganki, bularning barchasi ushalishiga ishonamiz. Chunki biz Vatan ravnaqi yo’lida birlashgan, bir yoqadan bosh chiqargan va qaytadan dunyo e’tirofiga sazovor bo’layotgan millatmiz.
Joriy yilning 1-iyun kuni institutning  Matematika-informatika fakulteti, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G’.G’.Yusupov va tyutor G.Kunisova hamda  talaba yoshlar bilan Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo’shinlari 7532 harbiy qism  xizmatchilari hamkorligida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan shahrimizdagi 16- ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga borib, bolajonlarga musiqiy bayram dasturi tashkil qilib, turli xil ertak qahramonlaridan iborat kitoblar, o’yinchoqlar va bayram sovg’alar ulashildi.