loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi tashkil etildi

  “Amir Temur va temuriylar davrida ta’lim va tarbiya masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi IIV Navoiy akademik litseyi va Navoiy viloyati yuridik texnikumi tomonidan “Amir Temur va temuriylar davrida ta’lim va tarbiya masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy  onlayn konferensiyasi tashkil qilindi.

Konferensiyaga  respublikamizning Ichki ishlar vazirligiga tasarrufidagi akademik litsey o’qituvchilari, Oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari,  magistr talabalari o’z ilmiy maqolalari bilan qatnashdilar.

Konferensiya litsey direktori – falsafa fanlari doktori, ichki ishlar xizmati podpolkovnigi Y.Axmedovning kirish so’zi bilan boshlandi. Shundan keyin Y.Axmedov «Amir Temur – buyuk sarkarda va ma’rifatli davlat arbobi » mavzusidagi ma’ruzasi bilan tadbirning asosiy qismini ochib berdi.

Ilmiy konferensiyada Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori H.Abuyev, Navoiy davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi D.Murtazayev hamda IIV Navoiy akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri N.Mirzayevalar ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Konferensiya ishini ZOOM platformasi orqali IIV tasarrufidagi akademik litseylar, Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy viloyati yuridik texnikumi va boshqa tashkilotlar masofadan turib kuzatib borishdi. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan fikr mulohazalar bildirildi.