loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ustozlar yodi barhayot

  Koʻp yillar oʻzining fidokorona mehnati bilan talabalarga bilim berib, “Ustoz“ degan sharafli nomga sazovor boʻlgan mohir pedagog, filologiya fanlari nomzodi, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti, adabiyotshunos olima Zayniddinova Adolat Qodirovnaning xotirasiga bagʻishlangan “Ustoz yodi barhayot“ mavzusida adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

Unda Adolat Qodirovnaning hayoti va faoliyati yodga olinib, xayrli ishlari xususida hamkasblari, shogirdlari soʻz yuritdi. Talabalar tomonidan ustoz xotirasi uchun she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.