loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

 Milliy va zamonaviy modalar namoyishi hamda arxitektura maketlari koʻrgazmasi

 Navoiy shahridagi Alisher Navoiy istirohat bogʻida Navoiy davlat pedagogika instituti Sanʼatshunoslik fakulteti tashabbusi bilan “Modalar namoyishi va arxitektura maketlari” yillik hisobot koʻrgazmasi tashkil etildi.

Bunda Rang-tasvir taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan chizilgan ajoyib rasmlar koʻrgazmasi, Muhandislik grafikasi taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan «Hightech» uslubida yasalgan bir-biridan muhtasham maketlar koʻrgazmasi hamda Dizayn taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan yaratilgan 150 dan ortiq zamonaviy va milliy liboslarlar namoyishi tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi.

  

Taqdim etilgan koʻrgazmalar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi va estetik zavq bagʻishladi. Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarining jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlari esa yig’ilganlarni raqslarga chorladi.