All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yosh ekolog  aksiyasi yoshlar ishtirokida

  Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas gushadir. Tabiat ularni tuydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O‘z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr kuyadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko‘paytirish tuyg‘usi bilan uyg‘unlasha olsagina xaqiqiy sanaladi. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to‘g‘risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g‘amxurlik ko‘rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko‘rsatkichidir. Ana shu xislatlarni o‘zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin. NavDPI talabalar turar joylarida joriy yilning 20 may-20 iyun kunlari o‘tkaziladigan ma’naviiy-ma’rifiy tadbirlar va loyihalar reja grafigi asosida,  3-sonli TTJda “Fizika-texnologiya”, “Matematika-informatika” va “Rus va qozoq filologiyasi” fakultetlar talaba-yoshlari ishtirokida “Yosh ekolog” aksiyasi o‘tkazildi.

   

“Ma’lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg‘undir. Fan-texnika yutuklaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg‘unlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lmoqda. Korxonalardan okib chikayotgan zaxarli okavalar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda hayvonot olami va o‘simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda.. Yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan bugungi kabi tadbirlar, tabiatga bo‘lgan munosabatni yanada yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz…”-dedi O‘zbekiston ekologik partiyasi Navoiy shahar kengashi partiya tashkiloti raisi A.Amonov