Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Torlot boshchiligidagi delegatsiya Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘ldi. Elchi janoblari muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyaning savdo, ijtimoiy, gumanitar va madaniy sohalardagi oʻzaro aloqalari kun sayin rivojlanib borayotganini taʼkidladi.
Shuningdek, uchrashuv chogʻida talabalar va professor-oʻqituvchilar bilan ham muloqot oʻtkazildi. Institut professor-o‘qituvchi va talabalarining Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy loyihalari, ijodiy ishlari elchida katta qiziqish uygʻotdi.
Uchrashuv yakunida Navoiy davlat pedagogika instituti va Buyuk Britaniya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.