loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Birinchi renessans: Abu Rayxon Beruniy va tabiiy fanlar evolyutsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya fakulteti Fizika va astronomiya kafedrasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan anjumanda Xalqaro OTM professor-oʻqituvchilari onlayn formatda, Respublika OTMdan ishtirok etgan olimlar ham onlayn, ham offlayn formatlarda ishtirok etishdi.

 
Dastlab anjumanni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Ilxom Nasriddinov kirish soʻzi bilan ochib, anjuman ishida muvaffaqiyat tiladi.

 

Shundan soʻng ilmiy maʼruzalar qilindi. Jumladan, “Abu Rayxon Beruniyning dunyo sivilizatsiyasidagi oʻrni”, “Методика обучения будущих учителей физики проектированию учебных занятий по решению задач с использованием компьютерных технологий”, “Zamonaviy eksperimental fizikaning asboblari va ularni qo’llash usullari”, “Abu Rayhon Beruniyning fizik qarashlari”, “Navoiy shahri va unga tutash hududlar tuproqlarining radioekologik tahlili” va boshqa mavzularda ma’ruzalar qilindi.