loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovi sovrindorlarini tabriklaymiz!

  Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining Respublika bosqichida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi! Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda Respublikamizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli talaba-yoshlar o‘zaro bellashdi.

Keskin kurashlarga boy bo‘lgan mazkur tanlovda institutimizning 8 nafar iqtidorli talabalari munosib qatnashib, 3 nafar quyidagi talabalarimiz g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi:

  • Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi Eʼzoza Islomova (ilmiy rahbar: dots. A.Allaberdiyev);
  • Fizika va astronomiya taʼlim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sarvinoz Hamidova (ilmiy rahbar: prof. D.Kamalova);
  • 2-bosqich magistranti Meruyert Omonboyevalar (ilmiy rahbar: prof. I.Kamolov) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Sovrindorlar sertifikat, statuetka, 6 mln so‘m pul mukofoti va 1 oy Prezident akademiyasida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.