Joriy yilning 22-may kuni institut va mahalla hamkorligini o‘rnatish maqsadida Navoiy shahar “Yangiariq” mfy raisi A.N.Mavlonov, hokim yordamchsi H.K.Tilabov, MFY etakchisi J.Shukurov, Xotin-qizlar faoli N.A.Eshmurodova hamda Navoiy davlat pedagogika institutining Matematika-informatika fakulteti Yoshlari bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G‘.G‘.Yusupov va fakultet tyutori G.U.Kunisova hamda 1-bosqich talaba yoshlari bilan “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan ibratli hayot faoliyatilari to‘g‘risida so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlarimizga ko‘rsatilayotgan imkoniyatlar, ularga qilanayotgan shart-sharoitlar haqida suhbatlashdilar. Kelgusida mahalla yoshlari bilan turli tadbirlar o‘tkazish rejalashtirib olindi.