loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ingliz tili va adabiyoti fakultetidagi tadbirlar

  Joriy yilning 19-may kuni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi va 1-kurs tyutorlari hamkorligida 1-kurs kunduzgi va kechki havaskor teatr guruhlari tomonidan “Uyda o‘qish” (Home reading) fanining yakunlanishi munosabati bilan “Reading is dreaming with open eyes” nomli hisobot- taqdimot tadbiri boʼlib oʼtdi. Mustaqil berilgan asarlar yuzasidan sahna koʻrinishlari hamda fan yuzasidan savol-javoblar, devoriy gazetalar shartlari bilan ishtirok etishdi. Fanni mukammal oʼzlashtirganliklarini isbotlashdi hamda oʼzlaridagi kreativ ruhni 1-kursdanoq namoyon etishdi.

 

Tadbirdan so‘ng fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Saibov, xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi X.Xasanova va fakultet tyutorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 20-apreldagi PF-62-08-son Farmoni 12-bandiga muvofiq, institutning Ingliz tili va adabiyoti fakultetiga biriktirilgan “Ģ‘alaba” mahallasidagi Qurilish ko‘chasi 1-uy 20-xonadonda istiqomat qiluvchi nafaqadagi o‘qituvchi Fayziyev Farhod boboning holidan xabar olish uchun borildi. Otaxon mehmonlarga o‘zining hayoti,faoliyati va hozirda davlatimizda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlar haqida gapirib berib, yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun duo qildilar.