loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Universiada g‘oliblarini medallar bilan tabriklaymiz

  Yengil atletika sport turi bo‘yicha Farg’ona viloyatida “Universiada – 2023” o‘yinlarining tantanali yakunlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Respublikamizning turli hududlaridan bellashuvlarda ishtirok etgan bir guruh g’olib yoshlar munosib rag’batlantirildi.

Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan “Universiada-2023” musobaqalarining yengil atletika sport turi bo‘yicha final bahslarida 800 metr masofaga yugurish bo‘yicha Navoiy davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi To‘xtayeva O‘g‘iloy barcha raqiblarini ortda qoldirib 2.21 vaqt bilan musobaqadagi o‘zining 2-oltin medalini qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun: To‘xtayeva O‘g‘iloy 4.54 vaqt bilan 1500 metrga yugurish musobaqasida ham mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib oltin medalga ega bo‘ldi.

“Universiada-2023” musobaqalarining yengil atletika sport turi final bahslarida institutning 3-kurs talabasi Nurullayev Azizbek yadro uloqtirish bo‘yicha 13,52 natija bilan 2-o‘rinni egalladi va kumush medalini qo‘lga kiritdi.

 

«Universiada-2023» musobaqalarining yengil atletika sport turi final bahslarida talabalarimiz Abdirazoqov Azizjon, Abdullayev, Ilhom, Azzamov Sanjarbek, Po‘latov Dalerlar 400 metrga estafeta yugurish bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqa bronza medallariga ega bo‘lishdi. Institut jamoasi yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Barcha sportchilarimizni hamda trenerlar A.Hakimov va F.Zaripovalarni ushbu medallar bilan tabriklaymiz!