loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

G‘OLIBLAR TANTANALI KUTIB OLINDI

  Kecha institutimiz yakunlangan futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘yinlarida “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakultetlari sharafini himoya qilgan hamda faxrli 3-o‘rinni egallagan “Fizika-texnologiya” fakultetining talaba-qizlar va talaba- yigitlar jamoalari, faxrli 2-o‘rinni egalagan “Matematika-informatika” fakultetining talaba-qizlar va talaba-yigitlar jamoalari hamda ushbu musobaqalarning professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasidagi bellashuvlarda 1-o‘rinni egallagan “Matematika-informatika” fakultetining ustozlar jamoasi katta tantana bilan kutib olindi. G‘oliblarni kutib olish doirasida “Rektor kubogi” o‘yinlarida zafar quchgan havaskor futbolchilarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda har bir ishtirokchiga o‘rinlar bo‘yicha medallar va pul mukofoti “VAUCHER”lari tantanali ravishda topshirildi. “Davlatimiz, shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan, yoshlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, alohida e’tibor, yaratib berilgan shart-sharoitlar natijasida, fakultetlarimiz bu kabi g‘alabalarga erishib kelmoqda. Bugungidek tadbirlarni tashkil etilishida bosh-qosh bo‘layotgan institutimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz…” dedi prof I.Kamolov.