Navoiy davlat pedagogika instituti rеktori Bahodir Sobirov mahalladagi yoshlar muammolari bilan ishlash bo‘yicha uyma-uy muloqotlar o‘tkazdi. Xususan, Xatirchi tumani «Tamabahrin» mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi U.Xomidovaning qiziqishlari, kеlgusi maqsadlarini tinglash davomida uning oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish istagi beqiyos ekanligi maʼlum boʻldi. Institut rahbari unga nogironlik kvotasidan foydalangan holda oʻqishga kirish imkoniyati mavjud ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi va bilim olish yoʻlida kerakli adabiyotlardan erkin foydalana olishi uchun Axborot-rеsurs markaziga yoʻnaltirib, intilishlarini hamisha qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Shuningdеk, «Paxtakor» mahallasida yashovchi Sh.Shavkatov bilan suhbatlashildi. Uning NavDPIda oʻqishi hamda nogironligi boʻyicha davolanishi va dori-darmon uchun moddiy yordam zarurligi aniqlandi. Murojaat shu yеrning oʻzida ijroga yoʻnaltirilib, Sh.Shavkatovga institut tomonidan moddiy yordam ajratildi.