loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Oʻzbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov va talaba-yoshlar uchrashuvi

  Oʻzbekiston xalq hofizi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Orolmirzo Safarov Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashdi.

Tadbirni institut rektori Bahodir Sobirov ochib, institutda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov adabiyot va san’atning shaxs kamolotidagi ahamiyati haqida so‘zlab, jonli ijrodagi qo‘shiqlarini taqdim etdi. Shuningdek, Orolmirzo Safarov taqlid san’ati namunalaridan ham ijro etdi. Tadbir davomida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ijodkorning san’atdagi ijodiy faoliyati borasida savollar bilan murojaat etdilar. Yakunda esa ustoz san’atkorga institut rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildirildi.

   

Adabiy-badiiy tadbirda institut rahbariyati, Sanʼatshunoslik fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalar, Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.