loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Quvnoqlar va Zukkolar” 2023-yil mavsumi yakunlandi

  Institutda yoshlarning taʼlim olishi bilan bir qatorda turli xil maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, viktorinalar, tanlovlar muntazam ravishda o‘tkazilib turadi. Shu jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan «Teatr haftaligi» doirasida institutda tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan “Quvnoqlar va Zukkollar” (QvZ) oʻyinlarining final bosqichi yuqori harorat, oʻzgacha shukuh va xushkayfiyat ila tashkil etildi.

Finalda Jismoniy madaniyat fakultetining “AziaStar” jamoasi, San’atshunoslik fakultetining “PedStar” jamoasi, Fizika-texnologiyalari fakultetining “Diamond” jamoasi, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Filolog bojalar” jamoasi, Matematika-informatika fakultetining “Qalqon” jamoasi, Rus va qozoq filologiyasi fakultetining “Respekt” jamoasi 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra final oʻyinida San’atshunoslik fakultetining “PedStar” jamoasi g‘alaba qozonib, «Rektor kubogi»ga ega bo’ldi. 2-oʻrinni Fizika-texnologiyalari fakultetining “Diamond” jamoasi qo‘lga kiritgan boʻlsa,3-oʻrin Jismoniy madaniyat fakultetining “AziaStar” jamoasiga nasib etdi.

 

1-oʻrinni egallagan jamoa 8 mln soʻm, 2-oʻrinni olgan jamoa 6 mln soʻm, 3-oʻrin sohiblari esa 4 mln. soʻm pul mukofoti, shu bilan birga, jamoalarning har bir qatnashchisi 30 ta kitobdan iborat badiiy adabiyot to‘plami, Yoshlar ishlari agentligining simsiz quloqchinlari, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.