“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
Navoiy davlat pedagogika institutida «Ilhom» mukofoti institut bosqichi boʻlib oʻtdi.
1-o‘rinni O’zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Umida Rahmonova,
2- oʻrinni Rus va qozoq filologiyasi fakulteti talabasi Surayyo Usmonova
3-oʻrinni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Goʻzal Sharipova egallab, keyingi Respublika bosqichiga yoʻl olishdi.
Respublika bosqichida talabalarimizga omad tilaymiz!