loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!

 NavDPIning Tibbiyot fakulteti tomonidan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida «Referendum va yoshlar» targ‘ibot tadbiri o’tkazildi

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va professor-o’qituvchilaridan iborat «Targ‘ibot poyezdi» aʼzolari, viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi xodimi, deputat Mahfuza Xamroyeva, Navoiy viloyati yuridik texnikumi direktor o’rinbosari, NavDPI katta o’qituvchisi Dilshod Murtazayev va kafedra mudiri Vali Turakulovlar ishtirok etib, Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada taʼlim, sog’liqni saqlash va ilm-fan sohasidagi o‘zgarishlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida fikrlari tinglandi.

Shuningdek, «Targ’ibot poyezdi» a’zolari — TDYU talabalari tomonidan interaktiv usulda mashg‘ulotlar olib borildi. Konstitutsiya kelajagimiz kafolati ekanligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.