loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Konstitutsiya – farovonligimiz kafolati

 Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakultetida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya oʻzimizniki!” shiori ostida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati Shoira Nosirova ishtirok etib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirshlar va qoʻshimchalar, jumladan yoshlar uchun alohida bob kiritilayotganligi, pedagoglar va xotin-qizlar uchun yangi tahrirdagi moddalarining borligi ham gʻurur, faxr bagʻishlashini taʼkidladi.

Tadbir konsert dasturiga ulanib, sanʼatshunoslik fakulteti talabalarining kuy-qo’shiqlari bilan davom etdi. Harbiy orkestrning ishtiroki tadbirga ko’taringilik bag’ishladi. Talaba yoshlar ham yangilanayotgan konstitutsiya haqida, yoshlarga bo‘layotgan e’tibor haqida to‘lqinlanib gapirdilar. Fakultet dekani A.Norbekov Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G‘.G‘.Yusupov “Talaba yoshlarni Yangi O‘zbekistonda – yangilanayotgan Konstitutsiyaga befarq bo‘lmagan holda 30-aprelda bo‘ladigan Referendumda qatnashishga chorlaydi.