loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«REFERENDUM VA YOSHLAR» UCHRASHUVI

  Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakultetida «Referendum—2023: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida «Referendum va yoshlar» nomli talabalar forumi bo’lib o’tdi. Unda «Oqila ayollar» harakati Navoiy viloyati rahbari Anora Bobomurodova, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari: Akshagul Tulegenova va Inna Korjikovalar ishtrok etdilar.

Ular o’z chiqishlarida yangilanayotgan konstitutsiyamizning 51-, 52-, 58-, 79-moddalarni hayotiy misollar yordamida sharhlab berdilar. Yosh olim Farhod Nizomov, magistrant Davron Qurbonov, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Umida Rahmonovalar tomonidan talaba-yoshlarni referendumga befarq bo’lmaslikka, jamiyatda bo’layotgan yangiliklarda o’z faolliklari bilan ishtirok etishga da’vat etdilar.

O’zbek va qoraqalpoq xalqining go’zal ohanglari ijro etilib, tadbirga o’zgacha fayz bag’ishladi.