Aprelda bo‘lib o‘tadigan referendum arafasida NavDPI fakultetlari bo‘ylab “Konstitutsiya — o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari, konsert dasturlari o‘tkazilmoqda. Fizika-texnologiya fakultetida ham 29-mart kuni “Konstitutsiya va yoshlar” targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketgan tadbirda, yoshlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” kabi shiorlarni birgalikda baralla aytishdan charchashmadi. “Yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasida yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi yurtimizda yoshlar siyosati alohida ustuvor ekanidan dalolatdir. Shu bilan birga, ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, o‘qituvchilar esa konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ladi. Aynan shu jihatlari ham o‘zim o‘qiydigan pedagogika sohasida yosh kadrlarga keng imkoniyatlar yaratadi. Biz kelgusida bu imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz kerak. Buning uchun esa men barcha tengdoshlarimni o‘tkaziladigan referendumda faol ishtirok etishga chorlayman…”- dedi Navoiy viloyat “oqila ayollar” harakati yetakchisi A.Bobomurodova.