Navoiy davlat pedagogika institutining sportchi talabalari O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etishdi. Samarqandda bo’lib o’tgan qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Marjona Fayzullayeva barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Buxoro shahrida o’tkazilgan sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida fakultetning 2-bosqich talabasi Gulina Oblaqulova oltin medalga ega bo’ldi va Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Sportchi talabalarimizni ushbu g‘alabalar bilan tabriklab, kelgusi sport faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz