loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Zulfiya» mukofoti sohibasi munosib kutib olindi

  Davlatimiz rahbarining 2023-yil 6-mart “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida” gi qaroriga ko’ra Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Lobarxon Jalolova ham “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga loyiq ko’rilgan edi. Institutning faol, tashabbuskor xotin-qizlari ketma-ket 4-yil «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlib kelmoqda.

 

Faollar zalida institut rahbariyati, xotin-qizlar kengashi, professor-oʻqituvchilari va talabalar “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori hamda medal va faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan bir guruh xotin-qizlarni tantanali kutib oldi. Institut jamoasi nomidan ularga ehtirom ko’rsatilib, qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “8 -mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan respublikamiz oliy taʼlim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollar taqdirlandi. Xususan, Navoiy davlat pedagogika instituti psixologi Dilfuza Abduraimova faoliyati ham munosib e’tirof etildi.