loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tayinlov

  Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan Yodgorov Gʻayrat Roʻziyevich Navoiy davlat pedagogika instituti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Gʻayrat Yodgorov 1976-yil Navoiy viloyati Karmana tumanida tug’ilgan.

Mehnat faoliyati: 1998-yildan 2002-yilga qadar Navoiy davlat pedagogika instituti “Matematik analiz va informatika” kafedrasi oʻqituvchisi, 2002-2005-yillarda Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Samarqand boʻlimi mintaqaviy muammolar kompleks ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti.

2005-yildan 2014-yilga qadar Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2014-2021-yillarda Informatika kafedrasi mudiri, 2021-yil sentyabrdan 2023-yil mart oyiga qadar Matematika-informatika fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.