loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

HUNAR-TUGANMAS XAZINA

   Shogird ustoz rahbarligida bilim yoki hunar o‘rganayotgan muddatda uning har bir harakati va ish uslubini, hatto nimani qayerga qo‘yish, qaysi tomoniga ko‘proq e’tibor berish holatlarini ham sinchiklab kuzatishi talab qilinadi. Odatda ustoz ba’zan hunarning har bir ikir-chikirini ham aytavermaydi, balki amalda ko‘rsatadi. Ehtimol, bu bilan ustoz shogirdining hushyorligini, sinchkovligi va qiziqishini sinab ko‘rmoqchidir? Shu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan shogirdning oshig‘i, shubhasiz, olchi bo‘ladi. NavDPI 3-sonli TTJda yashovchi “Fizika-texnologiya” fakulteti talabalari, dars mashg‘ulotlaridan so‘ng mebel yasash sirlarini o‘rganishmoqda. “Hunar – tuganmas xazina hisoblanadi. Yoshlar o‘z oldilarida haqiqiy, keng hayot yo‘li ochilishi uchun ko‘p kuch-g‘ayrat sarflashlari kerak va eng asosiysi o‘z ko‘ngillariga yoqqan, jamiyatga zarur va foydali ishni tanlashlari lozim. Shu boisdan ham ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlar qo‘shimcha ravishda biror hunarni o‘rgansalar, ular uchun bu bir umrlik xazina bo‘lib qoladi. Bizda mebel yasashni o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Zero hunar o‘rganish – jiddiy va mas’uliyatli ishdir…”-deydi “Navoiy tezkor mebel” MCHJ raisi A.Shamsiyev.