All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzularida targʻibot tadbirlari

  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan fizika-texnologiyalar, tabiiy fanlar, jismoniy madaniyat fakultetlari guruh sardorlari ishtirokida targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi. Unda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, profilaktik targʻibot-tashviqot ishlari toʻgʻrisida tushuntirildi. Shuningdek, talabalardan har qanday savollar va takliflar boʻyicha boʻlimning “Ishonch telefoni”iga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib oʻtildi.

Tadbir yakunida korrupsion jinoyatlar sodir etilganligi bo’yicha videorolik namoyish etilib, guruh sardorlaridan “korrupsion holatlarga aralashmaslik toʻgʻrisida” tilxatlar olindi.