loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI OʻTKAZILDI

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni”ga bagʻishlab “XXI asr ilm-fani va taʼlim sohasidagi ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada viloyatimizda faoliyat yuritayotgan olima ayollar, professor-oʻqituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha Vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, falsafa fanlari doktori, professor Abera Husenova va Muxtar Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti dotsenti Anarkul Yesimova ZOOM platformasi orqali oʻz maʼruzalarini taqdim etishdi.

Davra suhbatida xotin-qizlarning taʼlim sohasi va ilm-fandagi oʻrnini kengaytirish, ularni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga yanada keng jalb qilish, xotin-qizlarning ilm-fandagi faolligini oshirish, olimalar ilmiy-innovatsion faoliyatini keng jamoatchilikka targʻib etish masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya davomida “Fan evolyutsiyasida ayolning tutgan oʻrni”, “Oila va tarbiyada innovatsion yondashuvlar”, “oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish omillari”, “Jamiyat taraqqiyoti va ayollar faolligining ijtimiy tamoyilari” mavzularida maʼruzalar tinglandi.

Navoiy viloyati оila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati