NavDPIda yoshlar orasida jismoniy madaniyatni shakllantirish va talabalar salomatlik darajasini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu bejiz emas. Chunki yoshlarning sog‘lom bo‘lishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi avallabor o‘zlari uchun juda muhim. Qolaversa, hamon ko‘p mamlakatlarda koronavirus hamda turli yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama sog‘lom, immuniteti kuchli insonlarda kasalliklarga chalinish ehtimoli juda kam bo‘ladi yoki yuqadigan taqdirda ham asoratlari u qadar og‘riqli kechmaydi. “Fizika-texnologiya” fakulteti yoshlari o‘rtasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, shaxmat-shashka, stol tennisi musobaqalari doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Fakultetda voleybol turi bo‘yicha, guruxlar o‘rtasidagi musobaqalar o‘tkazildi. G‘oliblar institut ma’muriyati va fakultet dekanati tomonidan munosib taqdirlandi.