loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

​»Bobur kabi seving Vatanni» mavzusida tadbiri oʻtkazildi

  Ulugʻ bobomiz xotirasini yod etish maqsadida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari “Bobur kabi sevging Vatanni” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Navoiy viloyat “Jasorat va matonat” targ‘ibot markazi raxbari J.Shuxratov o‘zining qiziqarli va mazmunli ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub she’r, ruboiy va gʻazallar oʻqildi. Boburning dunyo ilm ma’rifatiga qoʻshgan hissasi alohida tilga olinib, hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar ulashildi. Talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan Bobur Mirzo obrazlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur oʻz ijodi va hayoti bilan bugungi kun kishilariga yuksak ibrat va namuna sifatida yod etiladi.