2023-yil 8-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida energetika va transport infratuzilmasini rivojlantirish, mahallalarni obod qilish va aholi bandligini oshirish masalalari bo‘yicha o’tkazgan yig’ilishda, quyosh panellarini o‘rnatish ham energetika tizimi uchun, ham oilalar uchun manfaatli bo‘lishini bildirgan edi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida oʻtkazilgan onlayn yigʻilishda quyosh panellari oliy ta’lim muassasasi yillik elektr energiya sarfining kamida 70 foizini qoplashi lozimligini ta’kidlab, mas’ullarga tavsiyalar berdi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, oliy ta’lim muassasalariga quyosh panellarining o’rnatilishi bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Navoiy davlat pedagogika institutiga Toshkent davlat texnika universiteti Elektr energetikasi fakulteti dekani o’rinbosari, dotsent Elyor Saitov hamda Issiqlik energetikasi fakulteti Energiya tejamkorligi va energoaudit kafedrasi mudiri, dotsent Jahongir Normuminovlar tashrif buyurib, quyosh elektr stansiyalarini qurish hamda elektr energiyani muqobillashtirish masalalari bo’yicha yig’ilish o’tkazdi.
Unda institut rektori Bahodir Sobirov, prorektor Sunnat Xudouberdiyev, audit Xasan Tursunov hamda Bosh muhandis Muzaffar Rahimovlar ishtirok etishdi. Yig’ilish davomida mutaxassislar quyosh panellaridan foydanilishda yuqori samaradorlikni oshirish bo’yicha o’zaro fikr va tajriba almashishdi.
Ma’lumot o’rnida: Navoiy davlat pedagogika institutda elektr energiya samaradorligini oshirish va quyosh panellaridan foydalanish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilgan. Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutining 6 ta oʻquv binolari hamda 3 ta talabalar turar joylariga jami 350 kvt boʻlgan Quyosh panellari oʻrnatildi. Kelajakda qo’shimcha 160 kvt.lik panellar o’rnatish rejalashtirilgan.