loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Soʻzimni oʻqib, anglagaysen oʻzimni» nomli adabiy-badiiy kecha

   14-fevral buyuk Temuriylar sulolasi davomchisi, Boburiylar sulolasi asoschisi, shoh va shoir, tarixchi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Shu  munosabat bilan Navoiy viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazida viloyat hokimligi, viloyat Madaniyat ishlari boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti hamkorligida “Soʻzimni oʻqib, anglagaysen oʻzimni” mavzuidagi adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi. Badiiy kechani institut rektori, professor Bahodir Sobirov ochib, ushbu kun bilan barchani muborakbod etdi hamda Bobur hayoti va ijodi haqida ilmiy mulohazalarini keltirdi.

Tadbir davomida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalarining Bobur gʻazallari asosida musiqiy va kompozitsion chiqishlari, sahna koʻrinishlari va Sanʼatshunoslik fakulteti professor-oʻqituvchilari, talabalaridan tashkil topgan Madaniyat boshqarmasining “Maqomchilar ansambli” xonanda va sozandalarining musiqiy chiqishlari dillarga manzur boʻldi.