loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Musiqiy-adabiy kecha tashkil etildi

  Joriy yilning 13-fevral sanasida Navoiy shahrida joylashgan 14-umumta’lim maktabida Guliston MFY faollari tomonidan «So’z mulkining sultoni» Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan musiqiy-adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirda NavDPI San’atshunoslik fakulteti ustoz va shogirdlaridan iborat «Navobaxsh» maqom ansambli ham o’z musiqiy chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi. Ansaml tomonidan ijro etilgan «Qoshiyo sinmu deyin», «Munojot», «Soqinomai savti kalon», «Buxoro to’lqini», «Gar jafo qil» va boshqa mumtoz kuy va ashulalar tadbirga o’zgacha zavq bag’ishladi.